Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada o‘t ochish to‘xtatildi. Putin va Erdo‘g‘an aralashuvi bilan
Liviya milliy armiyasi generali Xalifa Haftar Tripoli atrofida o‘t ochish harakatlari to‘xtatilgani haqida e'lon qildi. Bu rejim mahalliy vaqt bilan 12 yanvar kunining ilk daqiqalaridan amal qiladi.
Qayd etilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi shartlariga Haftarning dushmanlari - Foiz Saroj boshchiligidagi Liviya milliy kelishuv hukumati ham harbiy harakatlardan chekingan holda amal qilinadi.
O‘z navbatida Saroj ham mamlakat g‘arbida o‘t ochish to‘xtatilgani haqida e'lon qildi. U ham «agar boshqa tomon hujum boshlasa, javob qaytarilishi»ni qayd etib o‘tgan.
Turkiya nashrlarining yozishicha, o‘t ochish to‘xtatilishi Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putinning o‘zaro telefon muloqoti natijasi bo‘lgan.
Bundan tashqari, yakshanba kuni Foiz Saroj boshchiligidagi delegatsiya Istanbulga kelib muzokara o‘tkazishi kutilmoqda.
Qo‘shhokimlik

Liviyada ayni vaqtda qo‘shhokimlik yuzaga kelgan.
Mamlakat g‘arbida 2015 yilda tuzilgan, AQSh va G‘arbning boshqa davlatlari, shuningdek, Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi, BMT tomonidan tan olingan, poytaxti Tripoli bo‘lgan Foiz Saroj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati hukmronlik qilsa, sharqda poytaxti Beng‘ozi bo‘lgan, Xalifa Haftar armiyasiga tayanadigan Abdulla Abdurrahmon as-Soniy boshchiligidagi hukumat hukmronlik qiladi.
Besh yildan buyon g‘arbdagi hukumat bilan urush holatida bo‘lgan Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi 2019 yilning aprelida Tripoliga yurish boshlagan, o‘tgan vaqt mobaynida jiddiy natijaga erisha olmagandi.
8 yanvar kuni Rossiya va Turkiya rahbarlari o‘zaro uchrashuvda Liviyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqishgandi. Yevropa Ittifoqi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, Tripolidagi hukumat darhol bunga qo‘shilgan, ammo Haftar kelishuvga qarshi chiqqandi.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025