Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Trampni sudga berishni rejalashtirmoqda
Tehron general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirishga buyruq bergan AQSh prezidenti Donald Trampni sudga bermoqchi. Bu haqda Eron oliy sudi raisi Ibrohim Raisiy ma'lum qildi.
Uning aytishicha, Tramp xalqaro maydonda sudlanishi lozim.
“Qonunbuzarlik ta'qib qilinadi. Biz AQSh prezidentini bosh ayblanuvchi sifatida chaqirishimiz lozim. Biz buni shunday qoldirmaymiz, u xalqaro maydonda sudlanishi kerak”, deb aytgan Raisiy.
Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti yaqinida o‘ldirilgandi. Sulaymoniyni o‘ldirishga buyruqni Donald Tramp bergan.
Mavzuga oid
08:55
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026