Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat ixtisoslashtirilgan bog‘chalar bo‘yicha yangi qaror qabul qiladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020/2021 o‘quv yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini optimallashtirish va keyinchalik bolalar kontingentini hisobga olgan holda, ularni davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga va umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlili asosida Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 130 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarni, xususan:
56 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari etib;
74 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari etib qayta tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qayta tashkil etilayotgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari rejasini tasdiqlaydi va amalga oshiradi.
Belgilab qo‘yilishicha:
qarorda nazarda tutilgan tadbirlar amaldagi shtat bo‘yicha xodimlarning soni va davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini saqlash uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ining optimallashtirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan ularni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, korreksiya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi;
umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o‘zgartiriladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori bilan belgilangan tartibda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan berilgan xulosasi asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilar o‘tkazilgan korreksiya-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining natijalariga ko‘ra, tegishli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o‘tkaziladi yoki ushbu tashkilotda qoladi;
keyinchalik bolalar umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025