Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Vena, 1994 yil 17 iyun) qo‘shilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilishi hamda uni amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli xabarnoma yo‘llaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydilar.
Mavzuga oid
07:46 / 07.05.2026
Radiatsiya xavfsizligi qoidalari buzilishi to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
09:06 / 12.03.2026
Havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilindi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
14:05 / 22.09.2025