Özbekiston va Rossiya bu yil AES qurilişi böyiça şartnomaning barça şartlarini kelişib olişga ulgurmadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor bölgan manba Kun.uz’ga xabar berdi.
«Şartnoma bu yil tuzilmaydi. Muzokaralar davom etmoqda», degan u va kelişuv keyingi yil tuzilişi mumkinligini qöşimça qilgan.
Bugun RIA Novosti Özbekiston Taşqi işlar vaziri örinbosari Ilhom Ne'matovga asoslanib «Rosatom» boş direktori Aleksey Lixaçyov yaqin vaqtlar içida Özbekistonga kelişi kutilayotgani haqida xabar bergandi.
Kun.uz suhbatdoşining ma'lumotiga köra, «Rosatom» rahbari 14 dekabr kuni Özbekistonga kelib ketgandi va bu yilning sönggi kunlarida respublikaga kelişi kutilmayapti.
Avvalroq Lixaçyov jurnalistlar bilan suhbatda korporatsiya 2019 yil oxiriga qadar AES qurilişi böyiça asosiy şartnomani imzolaşi va 2020 yil boşida stansiya qurilişi maydonida işlar boşlanişini ma'lum qilgandi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning sentyabrida Özbekiston va Rossiya örtasida AES qurilişida hamkorlik qiliş böyiça bitim imzolangandi. Unga köra, «Rosatom» Özbekistonda VVER-1200 reaktor qurilmasiga ega «3+» avloddagi ikkita energoblokdan iborat majmua quradi.
AES qurilişini 2022 yilda Jizzax viloyati hududidagi Tuzkon köli yaqinida boşlaş rejalaştirilgan.


















