Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Po‘lat Bobojonov AQSh elchisi bilan uchrashdi
Foto: IIV axborot xizmati
Joriy yilning 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida vazir Po‘lat Bobojonovning AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida taraflar o‘zaro hamkorlikka doir masalalarni muhokama etib, O‘zbekiston ekspertlarining AQShga tanishuv tashrifini tashkil etish borasida kelishib oldilar.

Ma'lumotga ko‘ra, bu kabi tashriflardan ko‘zlangan maqsad AQShning huquq-tartibotni saqlash, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish borasidagi ish uslubini o‘rganishdan iborat bo‘lib, ekspert-kriminalistik bo‘linmalari uchun kadrlarni tayyorlash, sohani zamonaviy jihozlar bilan ta'minlashga ko‘maklashish kabi masalalarni hal etishdir.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasiga ko‘ra, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Amerika diplomatik missiyasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026
Epshteyn bilan aloqalari uchun karerasi barbod bo‘lgan odamlar sanaldi
18:18 / 17.02.2026
Urush xavfi kuchayayotgan bir paytda AQSh va Eron yadroviy muzokaralari boshlandi
13:21 / 17.02.2026