Jahon | 17:02 / 19.01.2020
36698
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadada 3 metrlik qor yog‘di

Foto: Twitter /ToddSkirving

Kanadada 18 yanvarda rekord miqdorda qor yog‘di. Buning oqibatida bir necha shahar faoliyatida uzilishlar yuz bergan. Bu haqda CBC News telekanali xabar berdi.

Kuchli qor bo‘roni Kanadaning Nyufaundlend orolidagi bir necha ming kishining uyiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan. Gambo, Trepassi, Sent-Jonsu, Paradayz va boshqa shaharlarda rekord miqdorda qor qayd qilingan.

Avalon shahri aholisi 3 metrlik qor yog‘ishdan keyin hosil bo‘lgan qor uyumlari oqibatida uylarida qamalib qolishgan. Shaharda favqulodda vaziyat tartibi kiritilib, qor tozalovchi texnika zo‘r berib ishlamoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid