Mask 2050 yilgacha Marsga bir million kishini jo‘natmoqchi
SpaceX kompaniyasi asoschisi, milliarder Ilon Mask 2050 yilda Marsda aholisi 1 mln kishini tashkil etuvchi shahar qurish rejasi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Business Insider va Daily Mail nashrlari xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, SpaceX yaqin o‘n yil davomida ming dona ko‘p marta foydalaniladigan Dragon Crew kosmik kemalarini quradi (yiliga 100 donadan).
Maskning qayd etishicha, Marsga kuniga o‘rtacha uchtadan kema jo‘natiladi.
«Istagan odam Marsga uchadigan qilishimiz kerak. Agarda xohish bo‘lsayu, pul bo‘lmasa, kredit olish imkoniyatini taqdim etish lozim», — dedi u.
Kema bortiga bir vaqtning o‘zida 100 nafargacha yo‘lovchi olishi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, Marsni o‘zlashtirish uchun yiliga tonnalab qurilish materiallari, oziq-ovqat, suv kerak bo‘ladi. Jami mingta kosmik kema Marsga yiliga 100 tonnaga yaqin yukni olib chiqishi mumkin, dedi Mask.
Yo‘lovchilar Marsga sayyora yerga eng yaqin masofada bo‘lganida jo‘natiladi. Mask har 26 oyda bir marta ushbu sayyoraga 100 mingga yaqin kishini jo‘natishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
23:02 / 14.09.2024