O‘zbekiston | 15:15 / 20.01.2020
14371
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev yosh kadrlarga ishonch bildirishda davom etishini aytdi

Yangi tarkibdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ilk yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ham qatnashdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari kadrlar masalasiga to‘xtalib, yoshlarga ishonch bildirishda davom etishini ta'kidlagan.

«Ichki qonunlarimiz 80-yillardagi holatda. Qonunni o‘zgartirish mumkin, lekin quyi pog‘onadagi, o‘rta pog‘onadagi odamlarning bilimi – 75-yil. Ular bilan islohot qila olmaymiz. Shuni bilinglar. Qanday achchiq bo‘lmasin, baribir yoshlarga murojaat qilaveramiz.

Lekin bitta narsani bilinglar: yoshlarni tarbiya qilish ham oson emas. Ko‘p yoshlar informatsion texnologiyalarni, tillarni biladi, lekin xalq bilan muloqot qilish, xalqning dardini bilish, haqiqiy yetakchi bo‘lish uchun sabr-toqat kerak. Shuning uchun sizlar ham vazirlarni tasdiqlayotgan paytlaringda sabr-toqat bilan, o‘zlaringni ham ularning o‘rniga qo‘yib, xulosa qilgan holda o‘z niyatlaringni bildirsalaring, sizlardan minnatdor bo‘laman», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mavjud partiyalar orasidagi eng yosh lider – «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovni deputatlikka qayta saylangani va palata spikeri o‘rinbosari bo‘lgani bilan tabrikladi.

«Men har bir uchrashuvimda kadr izlayman. Alisher ham shu yerda menga qattiq, jo‘shqin tarzda savol bergandi», – deya esladi davlat rahbari.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid