Tramp Yevrokomissiya rahbari bilan «katta savdo bitimi»ni muhokama qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Davosda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan "katta savdo bitimi"ni muhokama qilishini bildirdi.
"Biz katta savdo bitimi to‘g‘risida gaplashamiz. Biz avval ham bu haqda gaplashgandik. Nimagadir erishamiz, deb umid qilaman", - dedi Tramp uchrashuv oldidan.
Vashington va Pekin global iqtisodiy vaziyatni belgilab beruvchi savdo kelishuvini tuzishga tayyorlanmoqda. Bu jarayonga rasman aloqador bo‘lmagan ko‘plab voqealar aslida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushining oqibatidir.
"Biz boshqa narsalarni ham muhokama qilamiz, ammo savdo va o‘rtamizdagi savdo bitimi, shuningdek Yevropa bilan ham – aslida barchamiz istayotgan narsa shu", - deb qo‘shib qo‘ydi Tramp.
Mavzuga oid
22:56 / 29.10.2024
Yevrokomissiya Xitoy elektromobillariga 35 foizgacha boj joriy etishni ma’qulladi
09:10 / 26.10.2024
Yevrokomissiya rahbari Serbiya bosh vaziri bilan uchrashuvni bekor qildi
22:58 / 25.10.2024
YeI va Xitoy elektromobillarga joriy etilgan bojlar masalasiga yechim topmoqchi
20:55 / 03.10.2024