O‘zbekiston | 14:07 / 22.01.2020
74055
2 daqiqa o‘qiladi

Elyor G‘aniyev nomzodi vazir lavozimiga ko‘rsatildi

Bugun, 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi tarkibdagi Hukumat a'zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma'qullash masalalari muhokama qilinmoqda.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar masalalari kompleksi rahbari Elyor G‘aniyev nomzodi Transport vaziri lavozimiga ko‘rsatilgan. Bungacha Transport vaziri sifatida bir vaqtning o‘zida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov faoliyat olib borayotgan edi. Ayni vaqtda G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolish-qolmasligi aniq emas.

Ochilboy Ramatov 2019 yilning fevralida  Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari - Transport vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Elyor G‘aniyev 2019 yilning yanvarida Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylangandi.

Bundan avvalroq Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov nomzodi yangi lavozimga  O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid