Prezident farmoni bilan Oçilboy Jumaniyozoviç Ramatov boş vazirning birinçi örinbosari - Transport vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqlagan.

2002 yildan buyon «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi hisoblanadigan Oçilboy Ramatov 2016 yilning dekabrida - Hududlarni kompleks rivojlantiriş va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş, transport, kapital quriliş va quriliş industriyasi masalalari kompleksining rahbari sifatida boş vazir örinbosariga aylangandi.

Endi u yangi tuzilajak Transport vazirligiga rahbarlik qiladi. Yangi vazirlik respublikaning transport sohasi (temir yöl, havo, avtomobil transporti va metropoliten) boşqaruvini markazlaştiradi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning 28 avgust kuni avtomobil transporti sohasida boşqaruvni takomillaştiriş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, transport xizmatlari kölamini kengaytiriş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda Transport vazirligini taşkil etiş böyiça topşiriq bergandi. 2019 yilgi davlat dasturidan uşbu vazirlikni taşkil etiş rejasi örin olgan.

Ma'lumot uçun, ayni vaqtda, hukumatning yangilangan tarkibida boş vazirning birinçi örinbosaridan taşqari yana 4 nafar örinbosari mavjud. 

2017 yilning noyabridan buyon Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari - Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlaştiriş, moliya va bank tizimlarini isloh qiliş, xususiy tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantiriş masalalari kompleksining rahbari bölgan Jamşid Anvaroviç Qöçqorov endi Boş vazir örinbosari – moliya vaziri bölgan.

2018 yilning mayidan buyon Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari - Ta'lim, soğliqni saqlaş, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksining rahbari bölgan Aziz Abduqaharoviç Abduhakimov ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça boş vazir örinbosari bölgan.

2016 yilning dekabridan buyon Boş vazir örinbosari -Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi sifatida işlab kelayotgan Tanzila Kamalovna Norboyeva öz lavozimini saqlab qolgan.

Elyor Ğaniyev 2019 yilning 28 yanvarida boş vazirning investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi. U hukumatda boş vazirning sobiq örinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari kompleksining sobiq rahbari Suhrob Xolmurodov örnini