Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari — Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari kompleksining rahbari Suhrob Xolmurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.

Foto: Xalqaro press-klub
Qayd etilişiça, u boşqa lavozimga ötkazilgan.
Suhrob Xolmurodov 1973 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan. 1993 yildan beri bank tizimida faoliyat körsatib kelgan. U 2017 yil martida Milliy bank rahbariga aylangan edi. Bungaça u bank raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan.
Manba xabariga köra, Özbekiston Respublikasi prezidenti maslahatçisi örinbosari Elyor Ğaniyev boş vazir örinbosari etib tayinlangan.

Foto: KUN.UZ
U boş vazirning investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosariga aylandi.
Elyor Ğaniyev 1997-2002 yillarda taşqi Iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (boş vazir örinbosari), 2005-2006 yillarda taşqi işlar vaziri (boş vazir örinbosari), 2006-2010 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bölib işlagan. U 2010-2012 yillarda yana Taşqi işlar vaziri (Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari), 2012 yil yanvaridan Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat körsata boşlagandi. 2017 yil noyabr oyi oxirlaridan - prezident devonida sektor boşliği, 2018 yil 27 avgustdan - prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari.
Elyor Ğaniyev prezident devoniga ötdi















