O‘zbekiston | 18:10 / 24.01.2020
29291
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida plagiat urchigani tanqid qilindi

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida yana bir bor oliy ta'lim tizimi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi holatni tanqid qildi.

Foto: TDIU rasmiy sayti

«Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rektorini ishdan olganimizda attestatsiya o‘tkazdik. Oliygohdagi o‘qituvchilarning 60 foizi o‘tolmadi. Tasavvur qiling, ular shuncha vaqt nimani o‘qitgan? Bilimi bo‘lmasa qanday bilim bergan?

Holbuki biz katta tekshiruv o‘tkazmagandik. O‘zining fani bo‘yicha berilgan savollarga javob bera olmadi», deya qayd etdi prezident.

Davlat rahbari oliygohda plagiat holatlari haqida aytib o‘tgan.

«Qayerni qanday tugatganini aniqlamoqchi bo‘lib 27tasining dissertatsiyalarini tekshirdik. 20 yilda ko‘chirilgan dissertatsiyalar», deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, noyabr boshida iqtisodiyot universitetida «katta tozalash» ishlari boshlangani haqida xabar berilgan edi. Universitetning avvalgi rektori Bahodir Hodiyev ishdan olinib, uning o‘rniga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratboy Sharipov tayinlangandi.

Prezident biroz avvalroq Senatning ilk yalpi majlisidagi chiqishida ham Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi holatni tanqid qilgandi.

Mavzuga oid