Bahodir Xodiyev «Narxoz» rektorligidan bo‘shatildi. Universitetda «katta tozalash ishlari» o‘tkaziladi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilishi boshlandi.

Kun.uz manbalari tasdiqlashicha, 5 noyabr kuni prezident maslahatchilari Sherzod Kudbiyev va Abdujabbor Abduvohidov hamda DXX, prokuratura organlari vakillari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda universitet rektori Bahodir Xodiyev o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda oliy ta'lim muassasalari uyg‘onishi zarur ekanligi, bundan buyon qabul jarayonidan boshlab bitirish jarayoniga qadar ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosiy bo‘lishi, bunga qarshi chiqqanlarga esa qat'iy jazo ko‘rilishi, «Narxoz»da ham katta tozalash ishlari ham amalga oshirilishi ta'kidlangan.
Bahodir Xodiyev 2016 yilning may oyidan buyon Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektorlik qilib kelayotgandi.
Ma'lumot uchun, Bahodir Xodiyev 2006-2010 yillarda ham TDIUda rektor sifatida ishlagan (2000-2006 yillarda shu universitetda prorektor), 2010 yil martidan 2014 yilning apreligacha O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri bo‘lgan, 2014 yilning aprelidan 2015 yil iyuligacha fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi sifatida ishlagan, 2015-2016 yillarda Yoshlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha majmua rahbari hamda tegishli ravishda bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
-
Hududlarda yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 13:48
-
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:46
Mavzuga oid

16:46 / 08.05.2023
Sinfdoshlariga nashida yuborgan “Narxoz” talabasi 3 yilga qamaldi

11:04 / 01.03.2021
«Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

20:10 / 22.11.2019
TDIU: Talabalarning kiyinishi bo‘yicha erkinlik berildi, lekin ichki tartib-qoidalariga rioya qilinishi zarur

17:10 / 22.11.2019