O‘zbekiston | 12:00 / 25.01.2020
19172
2 daqiqa o‘qiladi

Sodiq Safoyev: O‘zbekiston muhtasham 10 yillik davriga kirdi

Foto: KUN.UZ

Ayni paytda Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojatnomasiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Qonunchilik Palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev shunday dedi:

– Bu murojaatning orqasida chuqur tahliliy o‘rganish yotadi. Bu hujjatni bir marta o‘qib chiqish, bir marta eshitish kifoya qilmaydi, har birimiz, parlament a'zolari, ilm odamlari qayta-qayta o‘qib, anglab yetish kerak. Ikkinchidan, 3 yil davomida davlatimizda katta ishlar, islohotlar amalga oshirildi, yangi bosqisga o‘tish uchun zamin yaratildi. Mana shu 3 yillikning yakuni saylovlar bo‘ldi. Bu saylovlarda xalqimiz o‘z idrokini, siyosiy irodasini namoyish qildi, saylovlar orqali Oliy Majlis, hukumat shakllantirildi. Bizda yangi bosqichga o‘tish uchun zamin yaratildi. 

Shunday xulosa qildimki, bu hujjat faqat keyingi yil uchun mo‘ljallangan murojaat emas. Bu keyingi 10 yillik uchun mo‘ljallangan. Men uchun shunday xulosa bo‘ldiki – O‘zbekiston muhtasham 10 yillik davriga kirdi. Bu biz uchun hayot-mamot masalasi bo‘ladi. Yo raqobatbardosh, zamonaviy, rivojlangan davlat bo‘lamiz, yoki orqada qolib ketamiz – dedi spiker.

Mavzuga oid