Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin soatlarda Xitoydan yana ikkita charter reys amalga oshiriladi – manba
Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha belgilangan uchta charter reysning navbatdagi ikkitasi 5 fevralga o‘tar kechasi amalga oshirilishi kutilyapti. Bevosita Uxan shahridan 80dan ortiq o‘zbekistonlik olib kelinishi mumkin.
Koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoydagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bo‘yicha yana ikkita evakuatsiya reysi 5 fevralga o‘tar kechasi amalga oshirilishi kutilyapti.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligidagi Kun.uz manbasiga ko‘ra, 5 fevral kuni soat 00:25 va soat 03:30 oralig‘ida Xitoydan kelgan ikki samolyot Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.
Samolyotlardan biri Pekindan, ikkinchisi Uxandan parvozni amalga oshiradi. Virus o‘chog‘iga aylangan Uxandan uchadigan samolyotda 80dan ortiq vatandosh olib kelinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Pekindan 250 nafar o‘zbekistonlikni olib uchgan Uzbekistan Airways'ning Boeing-767 samolyoti soat 17:21da Toshkentga qo‘ndi. Birlamchi tekshiruvlar natijasida olib kelinganlarning hech birida koronavirus alomatlari aniqlanmadi.
Ular endilikda 14 kun davomida karantinda bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025