FHDYo sohasida javobgarlik holatlari kengaytirildi
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 230-«Fuqarolik holati aktlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish» moddasiga yangi tarkibdagi huquqbuzarliklar kiritildi
Ushbu modda doirasida qator holatlarda BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdordagi jarimalar solinishi nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.
Ushbu holatlar:
vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma'muriyatiga - topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etishni ta'minlashga doir choralar ko‘rmaganlik uchun;
tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslariga - tug‘ilishni va o‘limni o‘z vaqtida qayd etishni ta'minlash choralarini ko‘rmaganlik, xuddi shuningdek tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma'lumotnomani yoxud o‘lim haqidagi, shu jumladan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomani noto‘g‘ri va (yoki) noaniq to‘ldirganlik uchun.
Tuzatishlar 23.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:40 / 06.11.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
07:50 / 09.10.2024
Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
12:29 / 21.09.2024