O‘zbekiston | 23:59 / 05.02.2020
20713
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning sharqidagi Van muzofotida yuz bergan qor ko‘chishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi.

Avvalroq Van muzofoti Baxchisaroy okrugida ikki kunda ikkita qor ko‘chkisi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

4 fevralda yuz bergan birinchi qor ko‘chkisi ostida yo‘lovchilar olib ketayotgan mikroavtobus va qor kurovchi qolib ketgan. Qor ostidan 5 kishi jonsiz holda, 7 kishi tirik topilgan. 5 fevraldagi ikkinchi qor ko‘chkisi birinchi ko‘chki yuz bergan joyda bedarak yo‘qolgan ikki kishini izlayotgan qidiruv-qutqaruv guruhini bosib qolgan. Oqibatda 33 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jarohat olgan.

Mavzuga oid