Istanbuldagi aviafalokat 3 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
5 fevralda Istanbuldagi Sabiha Go‘kchan aeroportiga qo‘nish vaqtida yo‘lovchi samolyoti falokatga uchragani ma'lum qilingandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, falokat oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Avvalroq Pegasus Airlines aviakompaniyasining Izmirdan Istanbulga reys bajargan Boeing 737 samolyoti qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lakchasida to‘xtay olmay, undan 60-70 metrga chiqib ketgani va 40 metrlik jarlikdan pastga qulab, uchga bo‘laklanib ketgani ma'lum qilingandi.
Samolyotda 177 yo‘lovchi va ekipajning 6 a'zosi bo‘lgan.
Dastlab hech kim halok bo‘lmagani, biroq 52 kishini shifoxonaga jo‘natishga to‘g‘ri kelgani ta'kidlangandi.
Biroq oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, falokat 3 kishining o‘limiga olib kelgan, 179 kishi jarohat olgan.
Ma'lum qilinishicha, aeroport vaqtinchalik yopilgan, Turkiya bosh prokuraturasi voqeani tergov qilishni boshlagan.
Dastlabki taxminga ko‘ra, voqeaga yomon ob-havo sharoiti, jumladan kuchli shamol sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024
Istanbulga ammasi taklifi bilan borib, ko‘chada qolib ketgan 21 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi
21:38 / 05.09.2024