Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyada yangi harbiy obektlar qurmoqda
AQSh qurolli kuchlari qo‘mondonligi baza qurish maqsadida Iroqdan Suriyaga qurilish texnikasi va xomashyolarini keltirgan.
Amerika armiyasi qo‘mondonligi Suriyaning sharqiy va shimoli-sharqiy hududlarida yangi harbiy obektlar qurmoqda, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Suriyada keyingi oylarda AQSh va Rossiya o‘rtasida qarama-qarshilik kuzatilayotgani bois amerikaliklar Tell-Brak shahri hududida shoshilinch ravishda harbiy baza qurishni boshlagan. Rumeylan neft konlariga olib boruvchi trassa mazkur aholi maskanini kesib o‘tadi.
AQSh qurolli kuchlari qo‘mondonligi baza qurish maqsadida Iroqdan Suriyaga qurilish texnikasi va xomashyolarini keltirgan. Tell-Brakning shimoliy qismidagi qurilish ishlari 3 fevraldan buyon davom etmoqda.
Bundan tashqari, neftga boy Dayr-az-Zor viloyatida joylashgan amerikalik harbiylar Xaseke shahri markazidagi binolardan birini harbiy obektga aylantirishni boshlagan.
AQSh harbiylari «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Suriyadagi ayrim bazalarini tark etgan va neft konlari joylashgan hududlarga ko‘chib o‘tgandi.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026