Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga qarshi ko‘rsatma bergan bir necha kishi ishdan bo‘shatildi
5 fevral kuni senatorlar impichment doirasidagi tinglovlarda AQSh prezidentini ayblovlarning barcha moddalari bo‘yicha aybsiz deb topdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp impichment jarayoni doirasida ma'muriyatning o‘ziga qarshi guvoh sifatida ishtirok etgan bir necha vakilini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.
Agentlikning bildirishicha, milliy xavfsizlik kengashi xodimi Aleksander Vindmanga o‘z lavozimini tark etish taklif qilingan. Shuningdek, Oq uy advokatlik xizmatida ishlaydigan uning ukasi Yujin ishdan bo‘shatilgan.
Bundan tashqari, AQShning YeIdagi doimiy vakili Gordon Sandlend ham ishdan olingan.
5 fevral kuni senatorlar impichment doirasidagi tinglovlarda AQSh prezidentini ayblovlarning barcha moddalari bo‘yicha aybsiz deb topdi.
Tramp hokimiyatni suiiste'mol qilish va kongress surishtiruvlariga qarshilik ko‘rsatishda ayblangandi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026