Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilmiy-tadqiqot muassasalarini budjetdan moliyalashtirishga o‘tiladi
Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta'lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish mo‘ljallangan
O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalarini budjetdan moliyalashtirishga o‘tiladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
qishloq xo‘jaligi ilmiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot muassasalarini budjetdan moliyalashtirishga o‘tish;
fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy shakllarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy smart, resurstejamkor va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha tor ixtisoslikdagi malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsiya vazirligi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:45 / 30.05.2026
Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi
17:27 / 29.05.2026
Ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:43 / 29.05.2026