Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda afv etilgan fuqarolar ijtimoiy hayotga yo‘naltirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Andijon viloyatidan 7 nafar fuqaro muddatidan oldin jazodan ozod etilib, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi.
«Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish maqsadida tegishli tashkilot hamda idoralar bilan hamkorlikda ishlar tashkillashtirildi.
Jumladan, Andijon viloyati hokimligi, DXX Andijon viloyati boshqarmasi va viloyat IIB boshqarmasi rahbariyati tomonidan Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi afv etilgan 7 nafar fuqaro va ularning oila a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning muammolari atroflicha o‘rganildi.Ushbu muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, afv etilgan shaxslarning yashash xonadonlariga ham tashrif buyurilib, ularning oila a'zolari bilan dildan suhbatlar qurildi. Turmush sharoitlari yaqindan o‘rganilib, ularga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi. Hozirda afv etilgan shaxslar hayotga moslashishi va ijtimoiylashuvini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda», deyiladi Andijon IIB matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026