Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi ishlar vaziri AQShni «aqlini yo‘qotmaslik»ka chaqirdi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada chiqishi chog‘ida Xitoy texnologik kompaniyalari XXR razvedkasi uchun «troya oti» ekanligini aytgandi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I/Foto : RIA Novosti
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh rasmiy vakillarining Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiya chog‘ida Xitoyga nisbatan bildirgan ayblovlari asossiz ekanligini ta'kidladi.
«Ularning barcha aytgan gaplariga javob qaytarish uchun vaqt ketkazmoqchi emasman. Faqat aytadigan gapim shuki, Xitoyga qarshi barcha ayblovlar yolg‘on, ular faktlarga asoslanmagan», - dedi Van I Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada chiqish qilar ekan.
«AQSh, dunyoning super davlati aqlini yo‘qotmasligiga umid qilamiz», - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada chiqishi chog‘ida Xitoy texnologik kompaniyalari XXR razvedkasi uchun «troya oti» ekanligini aytgandi. Bundan tashqari, Pompeo Xitoy kompartiyasi G‘arbga tahdid solishini qayd etgandi.
AQSh ma'muriyati Xitoyning Huawei kompaniyasini harbiylar va razvedka bilan hamkorlikda ayblab keladi. Bundan tashqari, AQSh qator davlatlarni 5G texnologiyasiga o‘tishda Huawei qurilmalaridan foydalanmaslikka chaqirmoqda.
Mavzuga oid
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
13:42 / 05.05.2026
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
09:26 / 05.05.2026
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026