Idlibdagi vaziyat tufayli Putin va Erdo‘g‘an uchrashuv o‘tkazishi mumkin
Turkiya rahbari avvalroq Vladimir Putindan Suriya prezidenti Bashar Asadga ta'sir ko‘rsatib, uning armiyasi Idlibga yurishni to‘xtatishi va fevral oyi oxiriga qadar suriyalik harbiylar turklarning kuzatuv punktlaridan uzoqroqqa ketishiga erishishda yordam berishni so‘ragandi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat bo‘yicha Moskvadagi Rossiya-Turkiya muzokaralari samarasiz yakunlanadigan bo‘lsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uchrashuv o‘tkazishlari mumkinligini aytdi.
Muzokaralarning birinchi bosqichi o‘tgan hafta Anqarada bo‘lib o‘tgandi.
"Agar Moskvadagi muzokaralardan hech qanday natija chiqmasa, yaqin kunlarda prezidentlar darajasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi", - deya Chovusho‘g‘ludan iqtibos keltirmoqda TRT telekanali.
Turkiya rahbari avvalroq Vladimir Putindan Suriya prezidenti Bashar Asadga ta'sir ko‘rsatib, uning armiyasi Idlibga yurishni to‘xtatishi va fevral oyi oxiriga qadar suriyalik harbiylar turklarning kuzatuv punktlaridan uzoqroqqa ketishiga erishishda yordam berishni so‘ragandi.
Erdo‘g‘an agar bunga erishilmasa, Turkiya harbiy yo‘l bilan javob qaytarishi mumkinligini aytgandi. Ammo keyinroq u Anqara fevral oyi oxirigacha kutmoqchimasligini aytib, Suriya armiyasidan zudlik bilan chekinishni talab qilgandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tomoni Idlib masalasini hal qilish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan qator majburiyatlarni bajarmagan. Xususan, Anqara shu vaqtga qadar qurolli muxolifat hududi chegarasini belgilab olmagani bildirilgan. Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oqtoy esa turklar Idlib bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq bajarganini iddao etgan.
Suriyaning shimoliy viloyatidagi vaziyat yanvar oyi oxirida rossiyalik va turkiyalik harbiylarning tinchlik o‘rnatish bo‘yicha urinishlaridan keyin keskinlashdi. 12 yanvar kuni o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirgandi, ammo hududda harbiy harakatlar to‘xtatilmadi. Natijada, rossiyalik va turkiyalik harbiylar halok bo‘lishdi. Suriya Arab Respublikasi hukumati armiyasi 5 fevral kuni 2012 yildan buyon muxolifat nazoratida bo‘lib kelgan, Idlib yaqinidagi Sarakib shahrini bosib oldi.
11 fevral kuni Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya muxolifati Asad armiyasiga qarshi ikki yo‘nalishda keng ko‘lamli hujumlar boshladi: Sarakib va uning shimolidagi Neyrab shaharchasi bo‘ylab. Ayirmachilarning hujumlari turk artilleriyasi ko‘magida olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024