Tramp savdo-sotiqda «milliy xavfsizlik»ni bahona qilmaslikka chaqirdi
Avvalroq Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib AQSh prezidenti ma'muriyati Xitoyga LEAP 1C aviadvigatellarini yetkazib berishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga aviadvigatellar va boshqa mahsulotlarni sotmoqchi ekanligini bildirdi va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiqda «milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi bahona»ni ishlatmaslikka chaqirdi.
Avvalroq Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib AQSh prezidenti ma'muriyati Xitoyning Comac C919 laynerlari uchun Amerikaning General Electric va Fransiyaning Safran kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan LEAP 1C aviadvigatellarini yetkazib berishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Tramp Qo‘shma Shtatlar "doim ishlatiladigan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi bahona bilan" boshqa davlatlar uchun Amerika mahsulotlariga ega bo‘lishni qiyinlashtira olmasligini aytdi.
"Biz Xitoy va boshqa davlatlarga o‘z mahsulotlarimizni sotishni istaymiz", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
"Biz bilan biznes yuritish imkonsiz bo‘lib qolishini istamaymiz. Bu buyurtmalarni boshqa kimdir olishinigina anglatadi. Masalan, men Xitoy bizning dunyodagi eng yaxshi aviadvigatellarimizni sotib olishini xohlayman", - deb qayd etdi AQSh prezidenti.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023