Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft Meksikadagi loyihalarga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritadi
Microsoft ijrochi direktori Satya Nadellaning so‘zlariga ko‘ra, "Meksika uchun innovatsiyalar" rejasi 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, aholining raqamli texnologiyalardan foydalanishini kengaytirishga qaratilgan.
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Microsoft kompaniyasi mamlakatdagi IT-loyihalariga besh yil davomida 1,1 milliard dollar mablag‘ kiritishini ma'lum qildi.
"Microsoft turli sohalar uchun 1,1 milliard dollar investitsiya kiritishga qaror qildi, Meksika xalqi nomidan ularga minnatdorlik bildiramiz", - dedi Obrador Twitter sahifasida.
Microsoft ijrochi direktori Satya Nadellaning so‘zlariga ko‘ra, "Meksika uchun innovatsiyalar" rejasi 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, aholining raqamli texnologiyalardan foydalanishini kengaytirishga qaratilgan.
Investitsiyalar dasturi doirasida mamlakatda bulutli ma'lumotlar markazlari tashkil etiladi, oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik dasturi uchta virtual laboratoriya va auditoriyalar yaratishni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Microsoft kompaniyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari har oyda bir marta maktab o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tib berishadi.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026