Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironlikni aniqlash tartibi qachon soddalashtiriladi?
TMEKda tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibotlari juda murakkabligi va shaffof emasligi qayd etildi
Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a'zolari bir guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi mutaxassislari bilan uchrashdilar.
Senat axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda bugungi kunda nogironlarni qiynab kelayotgan, ularning ortiqcha sarson-sargardonchiligiga sabab bo‘layotgan muammolardan biri tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda fuqarolarning TMEKlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibotlari juda murakkabligi va shaffof emasligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarida inson omili yuqoriligicha qolayotganligi, davolash profilaktika muassasalarida mutaxassislar va tibbiy uskunalar yetishmasligi qayd etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan TMEKlarning moddiy-texnik bazasi ma'naviy eskirganligi, ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmaganligi, TMEK mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rik hujjatlari ortiqcha vaqt sarflangan holda qo‘lda to‘ldirilayotganligi tanqid qilindi.
Uchrashuv yakunida Qo‘mita a'zolari tomonidan mazkur masala yuzasidan parlament so‘rovi tayyorlanayotganligi va ko‘tarilgan barcha muammolar so‘rovda o‘z aksini topishi ta'kidlab o‘tildi.
Mavzuga oid
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
12:24 / 12.04.2026
“Gapira olmasa ham baxtliman” – matonatlilar oilasi haqida hikoya
19:55 / 11.03.2026
Nogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
20:20 / 03.03.2026