Jahon | 08:20 / 21.02.2020
4079
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamda 7 kishi Britaniyada 39 vetnamlikning halok bo‘lishida ayblandi 

Vetnamning Xatin viloyati politsiyasi 7 kishini 39 vetnamlikning Britaniyada halok bo‘lishiga aloqadorlikda aybladi. 

Foto: REUTERS/Hannah McKay

Bu haqda Vietnam News nashri xabar berdi. Ularga noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish va unga sheriklik qilish ayblovlari ilgari surildi. 

Ta'kidlanishicha, ayblanuvchilardan 6 nafari hibsga olingan, bir kishi xalqaro qidiruvga berilgan. Ayni vaqtda ushbu shaxs Xitoyda ekani ma'lum.  

Ayblanuvchilar o‘z faoliyati davomida Britaniya va Yevropaga 60dan ko‘proq kishini qonunga xilof ravishda jo‘natgan.

Britaniyaning Esseks grafligi politsiyasi 2019 yil 23 oktyabrda Britaniyaga Belgiyadan kelgan yuk mashinasida 39 kishining jasadini aniqlagan. Halok bo‘lganlar dastlab xitoyliklar deb atalgan, biroq keyinroq ular vetnamliklar ekani aniqlangan. Politsiya ushbu voqea yuzasidan bir necha kishini, jumladan yuk mashinasi haydovchisi – shimoliy irlandiyalik 25 yoshli Moris Robinsonni hibsga olgandi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid