Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda «Tig‘» tadbiri doirasida 356ta tig‘li buyum olindi
Andijonda “Tig‘” profilaktik tadbirlari doirasida 356ta tig‘li predmetlar olindi
Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan tuman-shaharlarda o‘tkazilayotgan “Tig‘” profilaktik tadbirlari natijasida joriy yilning shu kuniga qadar 356 ta tig‘li predmetlar olingan.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirlar davomida ushbu tig‘li predmetlar maishiy zaruriyat uchun emas, birovga jiddiy tan jarohatlari yetkazish mumkin bo‘lgan sovuq qurol sifatida saqlanganligi aniqlanmoqda. Pichoqlardan tashqari kastet, professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari ham olib qo‘yilgan.

Tadbirlar davomida yonidan tig‘li jismlar olingan shaxslar ertasi kuni oila a'zolari, mahalladoshlari ishtirokida muhokama qilinib, ularning tig‘li predmetlarni olib yurish sabablari bo‘yicha tarbiyaviy ishlar kuchaytirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX bataloni xodimlari tomonidan “Tig‘” profilaktik tadbiri doirasida 2020 yilning shu kuniga qadar Andijon shahri hududidagi aholi gavjum bo‘lgan maskanlarda, o‘quv muassasalarida, ko‘chalarda xamda korxona-tashkilotlarda jami 44 marotaba profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Mavzuga oid
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026