O‘zbekiston | 14:27 / 22.02.2020
40975
2 daqiqa o‘qiladi

Pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti - Jamshid Qo‘chqorov

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov internetda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

«So‘nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o‘qidim.

O‘ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan», - deb yozdi bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri.

Shuningdek, Jamshid Qo‘chqorovning bildirishicha, ushbu mavzuda Moliya vazirligi tomonidan batafsil ma'lumot beriladi.

Bundan oldin, Pensiya jamg‘armasi pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasida pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid