Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduhakimov O‘zbekistonda «Turizm-365» telekanalini ochish taklifini bildirdi
Aziz Abduhakimov sayohat madaniyatini kishilarga bolalikdan shakllantirish zarurligini ta'kidlab, shu yo‘nalishda dastur tuzish va unga ko‘ra, yosh sayyohlarga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarni tashkil qilish, maxsus videokurslarni tavsirga olib tarqatish choralari ko‘rilishini aytdi.
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti binosida respublika gidlar guruhi vakillari bilan uchrashib, ularni 21 fevral – Butunjahon ekskursiyachilar kuni bilan tabrikladi.
Aziz Abduhakimov bugungi kunda turizm sohasi rivojlanishida ekskursiyachi gidlarning o‘rni nihoyatda katta ekanligini ta'kidlab, ularning mashaqqatli mehnati va soha rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu o‘rinda Bosh vazir o‘rinbosari qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagi gidlar sonini oshirish kerakligi haqida so‘zladi.
Aziz Abduhakimov darhaqiqat sayohat madaniyatini kishilarga bolalikdan shakllantirish zarurligini ta'kidlab, shu yo‘nalishda dastur tuzish va unga ko‘ra, yosh sayyohlarga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarni tashkil qilish, maxsus videokurslarni tasvirga olib tarqatish choralari ko‘rilishini aytdi.
“Ehtimol, Turizm-365 telekanalini ochish vaqti kelgandir, zero ichki turizm bugungi kunda talab darajasida o‘rganilmagan”, - qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.
Aziz Abduhakimov bugungi kunda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ekskursiyachi gidlar bilan muloqotga kirishib, operativ ma'lumot almashish imkonini beruvchi yangi loyiha ustidagi ishlar tugagani, bu kelgusida sayyohlik sohasi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berishini ma'lum qildi:
“Gidlardan iltimosimiz – sayyoh bilan harakatlanayotib qayerdadir kamchilik yo muammo ko‘rdingizmi, darhol ushbu platforma orqali bizga matn, foto yoki audio shaklida yo‘llang. Sir emaski, hududlarda kafe va restoranlar, sanitariya-gigiyena shoxobchalari va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar talaygina. Bundan tashqari, turistik xizmat ko‘rsatuvchilarning muomalasi ko‘ngildagidek bo‘lmasligi mumkin. Bunday kamchiliklardan tezkor xabardor qilsangiz, biz tegishli davlat idoralari va tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘ramiz. Shu tariqa mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etamiz”.
Mavzuga oid
14:30
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026
Guliston turizm qishlog‘ida osma ko‘priklar buzilyapti: nega?
22:53 / 27.01.2026