Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya armiyasini zamonaviy qurollar bilan jihozlash haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturi vaqtida armiya va flotni eng zamonaviy qurollar bilan jihozlash masalasida gapirdi.
Foto: Ria Novosti
TASS agentligi xabariga ko‘ra, RF prezidenti rossiyalik harbiylar eng zamonaviy qurollar, shu jumladan, lazerli va gipertovushli komplekslarga ega bo‘lishi haqida aytib o‘tgan.
«Biz bundan keyin ham armiya va flotimizni yanada zamonaviylashtirishga harakat qilamiz, bu strategik kuchlar salohiyati mustahkamlash, barcha turdagi qo‘shinlarni eng zamonaviy qurollar va texnikalar, jumladan, lazerli, gipertovushli komplekslar, yuqori aniqlikdagi tizimlar bilan ta'minlash deganidir», — degan Putin.
U rossiyaliklarning ko‘plab qurollarining jahonda muqobili yo‘qligini ta'kidlab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurollarning barchasi istiqbolda ham Rossiyaning xavfsizligini ta'minlaydi.
Bundan avvalroq Putin rossiyalik olimlarning yadro qurolini almashtirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari haqida gapirgandi.
«Bu yangi fizik qurol bo‘lishi mumkin. (...) Yadroviy maqom abadiy emas. Tosh asri tosh tugab qolgani uchun emas, yangi texnologiyalar paydo bo‘lgani uchun tugagan», — degandi u.
Mavzuga oid
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026