Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda muqaddam sudlangan shaxslar yana jinoyat sodir etdi
Muqaddam sudlangan ikki shaxs o‘zaro til biriktirib, fuqarolardan birining uyidan 10 mln so‘mlik qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlagan
2020 yilning 17 fevral kuni muqaddam sudlangan 28 yoshli J.Ya. va 33 yoshli B.S. muqaddam javobgarlikka tortilganliklaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, 52 yoshli Z.J.ning “Shibirg‘on” mahallasida joylashgan uyiga devor orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular 10 660 000 so‘mlik qimmatbaho buyumlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov jarayonida qo‘lga kiritilgan qimmatbaho buyumlarning katta qismi jabrlanuvchiga qaytarilgan. J.Ya. va B.S.ga nisbatan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Dastlabki tergov davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026