Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda mahalla tizimi xodimlari kuni belgilanmoqda
22 mart sanasini O‘zbekistonda mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilash taklif qilindi
Foto: O‘zA
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020 yil 25 fevralda o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
O‘zbekistonning boy tarixi bilan chambarchas bog‘liq o‘ziga xos institutning mavqeini yanada oshirish maqsadida, shuningdek, mahalla tizimi xodimlari faoliyati jamiyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, mazkur qonun loyihasi bilan 22 mart sanasini O‘zbekistonda mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilash taklif qilindi.
Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatda mahalla instituti va mahalla tizimi xodimlari faoliyatini keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish, ularning obro‘si hamda mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Savol-javoblar, muhokamalardan so‘ng mazkur qonun qabul qilindi.
Mavzuga oid
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda elektron tasdiq olish tartibi joriy etiladi
10:51 / 21.01.2026