O‘zbekiston | 20:19 / 25.02.2020
33016
3 daqiqa o‘qiladi

Yana beshta viloyatda IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida ichki ishlar boshqarmalari rahbarlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. 

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, polkovnik Umidjon Hasanovich Adizov Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Umidjon Adizov

Tayinlovga qadar U.Adizov Navoiy viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Oybek Aloxonovich Xo‘jaqulov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Oybek Xo‘jaqulov

Tayinlovga qadar O.Xo‘jaqulov Namangan viloyati IIB tezkor-ma'lumotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Akram Hamidovich Xalimov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Akram Xalimov

Tayinlovga qadar A.Xalimov Samarqand viloyati Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sharof O‘razaliyevich Uralov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sharof Uralov

Tayinlovga qadar Sh.Uralov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Faxriddin Valiyevich Mengliyev Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Faxriddin Mengliyev

Tayinlovga qadar F.Mengliyev Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuzildi.
  • Mahalla va oila masalalari vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi. Vazirlikning hududiy boshqarma va bo‘limlari boshliqlari hokim o‘rinbosari hisoblanadi. 
  • Shuningdek, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i hududlardagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.

Bundan avvalroq Andijon, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid