Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus tufayli Turkmaniston fuqarolariga xorijga chiqish taqiqlandi
Foto: Xronika Turkmenistana
25 fevral kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov COVID-19 koronavirusini mamlakatga kirishining oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazdi. «Xroniki Turkmenistana» xabariga ko‘ra, unda davlat rahbari xorijga chiqayotgan fuqarolarni nazorat qilish haqida topshiriq bergan.
Yig‘ilishdan keyin Ashxobod aeroportida mahalliy fuqarolarni xalqaro reyslardan tushirib qoldirish boshlangan. Natijada, chiptalarni qaytarish istagida bo‘lgan yuzlab odamlardan iborat navbatlar yuzaga kelgan.
Ayni paytda «Turkmenhowayollary» aviakompaniyasi Istanbul va Anqaraga reyslarni bekor qilgan. Biroq «Turk Hava Yolları» Istanbul – Ashxobod yo‘nalishidagi parvozlarni davom ettirmoqda va faqat xorij fuqarolariga xizmat ko‘rsatmoqda.
Ashxobod xalqaro aeroportida xorijdan kelgan yo‘lovchilarni shifokorlar kutib olmoqda va maxsus uskunalar yordamida haroratini o‘lchamoqda. Bundan tashqari, dezinfektorlar, FVV va tez yordam mashinalari navbatchiligi tashkil qilingan.
Avvalroq Turkmaniston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qo‘shni Eron bilan chegarani yopgan edi.
Qayd qilish joizki, Turkmaniston hukumati xabariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan xastalangan bemorlar yo‘q.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025