Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada elektromobilni 5 daqiqada quvvatlash usuli ixtiro qilindi
Janubiy koreyalik muhandislar elektrokarlarni bor-yo‘g‘i 5 daqiqada 80 foizgacha quvvatlash imkonini beradigan eng yangi texnologiyani taqdim etishdi.
Bu haqda CS Publications nashri xabar berdi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, barcha elektromobillarning energiya saqlash tizimlari sig‘imini oshirishga imkon beruvchi yechim shundoqqina "yuzada" turgan.
“Ammo negadir buni avval hech kim qilmagan”, deb aytishgan texnologiyani ishlab chiqqan mutaxassislar.
Bugungi kunda ko‘plab elektromobillar grafitli anod batareyalarga ega bo‘lib, ular avtomobilni quvvatlashda katta quvvat bilan ta'minlamaydi. Janubiy koreyalik olimlar grafit akkumulyatorlardan kremniyli akkumulyatorlarga o‘tishni taklif qilishmoqda. Bu esa elektrokarlar bir quvvatlanishda bosib o‘ta oladigan masofani sezilarli oshiradi.
Biroq mutaxassislar kremniyli akkumulyatorlar bir necha marta quvvatlangandan keyin ularning quvvati ancha kamayishini tan olishgan.
Ixtirochilar ushbu muammoning yechimini izlay boshlashgan va “oddiy maishiy vositalar - suv, yog‘ va kraxmal”ga e'tiborni qaratishgan.
Muhandislar kremniyni yog‘da, kraxmalni esa suvda eritib, olingan substansiyalarni bir-biri bilan aralashtirishgan. Materialga termik ishlov berilgandan keyin sig‘imi grafitnikidan 4 marta katta bo‘lgan uglerod-kremniyli kompozit hosil bo‘lgan.
Ushbu kopozitdan tayyorlangan batareya kamida 500 zaryadlash sikli davomida barqaror qoladi. “Bu, albatta, mukammal emas, lekin shunga qaramay ancha maqtovga loyiq", deb ta'kidlab o‘tishgan mutaxassislar.
Ularning aytishicha, endilikda elektr avtomobillarning egalari o‘z transport vositalarini 5 daqiqada zaryadlashlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:10 / 31.10.2024
Elektromobillar akkumulyatori uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi mumkin
10:28 / 20.11.2023
Hindiston O‘zbekistonda elektromobil akkumulyatorlari ishlab chiqarishi mumkin
18:54 / 02.07.2023
Uchar elektrokar, yog‘och shahar va olma teradigan dronlar – hafta texnodayjesti
12:37 / 05.02.2023