Uçar elektrokar

Xitoyning Guangzhou Automobile Group (GAC) kompaniyasi ham yölda yuradigan, ham uça oladigan elektromobil prototipini taqdim qildi. Bu haqda Nikkei xabar bermoqda.

GOVE deb nomlangan elektromobil istalgan vaqtda uçiş rejimiga ötiş uçun dron va qöniş moslamasi bilan jihozlanadi.

Loyiha mualliflari hozirça GOVE narxi va işlab çiqariş vaqtini oşkor etmagan. Kompaniya faqatgina yangilikning tijorat maqsadlarida çiqarilişi “uzoq vaqt olişini” ta’kidlagan. 

Telegram'da stories'lar

Telegram messenjerida yangi funksiya – Stories'lar (hikoyalar) paydo böladi. Ilova asosçisi Pavel Durovning aytişiça, bu bilan tarmoq yanada ijtimoiylaşadi.

Ma’lum bölişiça, yangi funksiya çatlar röyxatining yuqori qismida joylaşadi. Şuningdek, hikoyalarning maxfiyligi saqlanadi: siz storisni kim körişini özingiz hal qilasiz, boşqalarning storislarini ham yaşirib qöyişingiz mumkin.

Bundan taşqari, storisda maşhur ijtimoiy tarmoqlar kabi foto va videolarni tahrirlaş, ular ustiga yoziş va boşqalarni belgilaş imkoni böladi. Kameradan foydalanişda esa Telegram videoxabarlari kabi ikkita kamerani qöllab-quvvatlaş xizmati böladi.

Hikoyaning profilda qoliş muddatini ham foydalanuvçining özi belgilaydi: hikoya 6, 12, 24 yoki 48 soatda tugaşini yoki doimiy ravişda qolişini tanlaş mumkin.

Işlab çiqaruvçilarga köra, bu funksiya guruh va kanallar egalariga boğlangan, faol foydalanuvçilar haqida köproq ma’lumotga ega böliş imkoniyatini beradi.

Yoğoç şahar

Şvetsiyaning Atrium Ljungberg kompaniyasi mamlakat poytaxti Stokgolmda dunyodagi eng katta yoğoç şahar quriş rejalarini e’lon qildi