Gurjiston, Armaniston va Özbekiston poytaxtlari 100 ming kişi hissasiga töğri keladigan elektrokarlar soni böyiça Rossiya poytaxtidan özib ketgan. Bu haqda Kept konstalting kompaniyasining «MDH va Kavkazorti davlatlarining aqlli şaharlari reytingi» tadqiqotiga tayanib Rossiyaning «Vedomosti» gazetasi xabar bermoqda.

Naşrning ma’lum qilişiça, MDH va Kavkazorti davlatlari şaharlari orasida 100 ming aholiga töğri keladigan elektrokarlar soni böyiça Tbilisi birinçi örinda turibdi — 114 elektromobil. Possovet davlatlarining qolgan şaharlari (Boltiqböyi davlatlari hisobga olinmaganda) Gurjiston poytaxtidan juda ortda. Tbilisidan keyingi örinda Minsk joylaşgan — u yerda 100 ming aholiga 63 ta elektrokar töğri kelmoqda. Yerevanda — 45, Toşkentda — 33, Moskvada esa bor-yöği 16 ta avtomobil.

Moskvani Rossiyaning boşqa şaharlari ham quvib ötgan: masalan, Novosibirskda elektromobillar bilan ta’minlanganlik darajasi poytaxtga nisbatan qariyb ikki barobar köproq — 31.

Moskva bilan bir qatorda Boku şahri bormoqda (15 elektrokar). Rossiya poytaxtidan kamroq körsatkiç Bişkek (9) va Ostona (7), şuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg (8), Qozon (7) va Yekaterinburg (0,4) şaharlarida qayd etilgan.

Kept’ning jahon reytingida yetakçi London şahri bölib turibdi — bu yerda 100 ming aholiga 504 elektromobil töğri keladi. Ikkinçi örinda Nyu-York — 148 avtomobil.

Tadqiqotdagi ma’lumotlar 2022 yilning iyun oyi holatiga asosan tuzilgan.