Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» AQSh bilan tinchlik kelishuviga rioya qilishini bildirdi
Qatar poytaxti Dohada AQSh va «Tolibon» harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi.
Foto: AFP
«Tolibon» harakati Qatarda imzolangan AQSh bilan tinchlik kelishuviga rioya qiladi. Bu haqda harakatning Qatardagi bosh siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar ma'lum qildi.
«AQSh va «Tolibon» harakati Qatarda muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazdi. Barchani bu bilan qutlayman. Biz mazkur shartnoma bajarilishiga rioya qilamiz, shuningdek, siyosiy kuch sifatida uning qo‘shni davlatlar tomonidan ham bajarilishini istaymiz», - dedi mulla Barodar.
29 fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi.
Kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar imzoladi.
Imzolash marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Mavzuga oid
15:22
AQShda Meta’ga WhatsApp maxfiyligi bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atildi
13:13
AQShda ushlab turilgan o‘zbekistonliklar elchixona orqali yordam so‘radi
09:01
Zelenskiy: AQShning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari 100 foizga tayyor
01:00 / 25.01.2026