AQŞ va «Tolibon» harakati örtasida tinçlik kelişuvi imzolandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Qatar poytaxti Doha şahrida kelişuvni AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda «Tolibon» yetakçisining örinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla Ğani Barodar imzolagan.

AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo toliblarni «Al-Qoida» bilan aloqalarni töxtatiş böyiça va'dalarni bajarişga çaqirdi, deyiladi ma'lumotda.

Bir qator davlatlar va xalqaro taşkilotlar delegatsiyalari marosimda kuzatuvçilar sifatida iştirok etmoqda. 

Avvalroq, «Tolibon» va AQŞ delegatsiyalari örtasida uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kelişuv tayyorlangani va 29 fevral Dohada ikki tomondan imzolanişi xabar berilgandi. 

«Önlab yillar davom etgan ixtilofdan keyin biz toliblar bilan Afğonistonda zöravonlikni qisqartiriş haqidagi kelişuvga keldik. Bu tinçlik uçun uzoq davom etgan yöldagi muhim qadamdir, men barça afğonlarni bu imkoniyatdan foydalanib qolişga çaqiraman», - deb yozgandi Mayk Pompeo tvitterda.

AQŞ va «Tolibon» Dohada 2019 yil davomida muzokaralar olib borgan, biroq tinçlik kelişuvining imzolanişi Afğonistonda amerikalik harbiylarning halok bölişiga olib kelgan terakt sababli barbod bölgandi.