Jahon | 23:09 / 01.03.2020
34063
1 daqiqa o‘qiladi

Kremlda Erdo‘g‘anning Suriyadan chiqib ketish chaqirig‘iga javob berildi  

Kremlda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyani Suriyadan chiqib ketishga chaqirganiga javob berildi. Ta'kidlanishicha, Rossiya harbiylari Suriyada qonuniy asosda qolayotgan yagona davlatdir.    

Foto: AFP

Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya 1» telekanalida efirga uzatilgan «Moskva. Kreml. Putin» dasturida aytib o‘tdi

Peskov Erdo‘g‘an Vladimir Putinni Anqarani Suriya hukumati bilan «birga-bir» qoldirishga chaqirganiga shunday izoh berdi. 

Uning ta'kidlashicha, Rossiya mintaqada Suriyaning qonuniy rahbariyati iltimosi bilan harakat qilmoqda.

«Suriyada qolgan davlatlar harbiylari xalqaro huquq me'yorlari va prinsiplariga zid ravishda qolmoqda», deb aytgan Peskov. 

Putinning matbuot kotibi Suriya Anqara Sochidagi kelishuvlar doirasida faolsizlantirilishiga va'da bergan terrorchilar bilan kurashayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid