Adolat va taraqqiyot partiyasining Istanbuldagi deputatlari yiğilişida sözga çiqqan prezident Rajab Toyyib Erdöğan Turkiyaning çegaralarni oçib yuboriş qaroriga urğu berar ekan şunday dedi: «Keça nima qildik, eşiklarni oçib yubordik. Bugun tongdagi holatga köra, çegaradan kesib ötganlar soni 18 mingni taşkil qildi, ularning soni bugun 25 ming bölişi mumkin. Biz bundan keyin ham eşiklarni yopmaymiz. Yevropa Ittifoqi va'dasida turişi kerak».
Turkiya Suriyada katta yöqotişga uçradi. Tafsilotlar

Erdöğanning nutqidan kelib çiquvçi satrboşilar quyidagiça:
«Suriya masalasi bir sarguzaşttalablik iddaosi emas»
«Suriya masalasi Turkiya uçun aslo bir sarguzaşttalablik yoki çegaralarni kengaytirişga bölgan uriniş emas. Biz siyosiy doiralarda va ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizning Suriyada olib borayotgan kuraşining mohiyatini hali ham tuşunmayotganlar borligini körmoqdamiz.
Qarşimizdagi manzara ğoyat aniq va ravşan. Turkiya 40 yil davomida tafriqaçi terror taşkiloti tomonidan energiyasi ğorat qilingan bir ölka sifatida yaşadi. Biz buni özgartiriş uçun köplab usullarini sinab kördik.
Demokratlaştirişdan tortib, to yirik infratuzilma sarmoyalariga qadar uzangan bu odimlarda ijobiy natijalarga erişdik. Qoloqlik muammolarini hal etib, Turkiyani bölinmas bir butun holatga keltirdik. …boş-keti uzilmagan içki va taşqi muammolarga duç keldik. Millatimiz öyinlarni kördi va yonimizda turdi.
Albatta, biz badallar töladik, maqsadlarimizga yetişişda qiyinçiliklarga uçradik, ammo biz heç qaçon mamlakatimiz oyoqosti qilinişiga izn bermadik. 15 iyul – Turkiyani çöktirişga bölgan urinişning çöqqisi edi. Bundan bir iş çiqmagaç, janubiy sarhadlarimiz böylab ölkamizni qurşab olişga harakat qildilar.
Ular Bazmi Alem Valide masjidini uç keça-yu uç kunduz işğol qildilar. U yerdan pivo şişalari va qutilarini yiğdik. Şunça voqea sodir bölgani holda, göyo bu vatanni sevişini iddao qilganlar asosiy muholifat boşi yoşlarni oydinlik rahbari sifatida e'lon qilişdi. Bular oydinlik emas, aldangan yoşlardir».
Idlib masalasi
«Idlib masalasi mamlakatimizni farqli bir tarzda burçakka tiraş va boşqa yutuqlarni qölimizdan tortib oliş uçun qözğatilgan mavzu sifatida qarşimizga keldi. Hozir 4 million odam çegara tomon harakatlanmoqda. Biz bularning barçasi uçun xavfsiz hudud yaratiş ustida işlayapmiz. Bir tomondan, Atme lagerida tirbandlik bor, boşqa tomondan, biz yanada qulay turar-joy hududini yarataylik, deyapmiz».
Merkel bilan dialog
«Merkelga dedimki, qarang, şunday bir vaziyat bor. Menga va'da bergandingiz. Bu yerga keling va dastak bering, uddasidan çiqaylik. Tortişa-tortişa köpi bilan 25 million yevro beraman, dedi. U pulni «Qizil Xoç»ga berişini, u yerdan esa «Qizil yarim oy»ga ötkazilişini aytdi. Dediki, bu raqam BMTning qoçqinlar böyiça idorasiga borişi kerak. U yerdan «Qizil Xoç»ga, keyin «Qizil yarim oy»ga boradi. Albatta, bunday narsa yuz bermadi.
Men kanslerga qönğiroq qildim. U pul tayyorligini aytdi. Jönatadigan bölsangiz, bu pulni töğridan töğri bizga jönating yoki men bu qoçoqlarni sizga jönatay-da, 100 million yevro beray», dedim.
Işoniş mumkin emas. Biz öz kindigimizni özimiz kesişga majburmiz. Rabbim barakatini bersin, inşalloh. Bu işlarni biz şunday yurityapmiz, yuritajakmiz.
Biz immigratsiyaning yangi tölqinini kötarişga qodir emasmiz. Qolaversa, biz millionlab odamlarni rejimning rahm-şafqatiga şundoq taşlab qöymoqçi ham emasmiz. Biz u yerga Asad mehmoni sifatida emas, balki Suriya xalqining mehmoni sifatida bordik. Suriya xalqi: «Bu iş hal böldi», demay turib, u yerni tark etiş niyatimiz yöq».

Idlibdagi eskalatsiya: Putin va Erdöğan kelişişga urinib köradi
Putin va Tramp bilan muloqot
«Putinga «Sizning u yerda nima işingiz bor? Qarşimizdan çekiling, bizni rejim bilan xoli qöying», – dedim
Ular esa çekildik, deya olmayaptilar. Manfaatlari nima? Işoning, buni hal qila olmayapmiz. Masala baza quriş bölsa, mayli quring, bundan taşvişlanişga hojat yöq.
Tramp «Putin bu yerda nimani kutmoqda?», deb sörayapti. Men ularning Qamişlida neft bilan boğliq dardi borligini aytdim. «U yerda neft bormi?» dedi. Bor, lekin Deyrizor qadar emasligini aytdim. Bizning bunday dardimiz yöq.
Idlibda hamma joyni şafqatsizlarça yöq qilişdi. Uşbu kuraşni Idlibda davom ettirişimiz kerakligining sababi – odamlarning boşiga tuşgan falokatdir. Muammoni faqat Idlib misolida körib çiqiş notöğri bölişi mumkin. Turkiyaning Suriya masalasidagi siyosatiga boqiş kerak.
Agar bugun çegaralarimizni terrorizmdan tozalamasak, ertaga qarşimizdan çiqadigan manzara aniq. Bugun biz Idlib, Qamişli, Rasulaynda qilmagan jangimizni ertaga, Xudo asrasin, Şirnoqda, Mardinda, Hatayda qilişimizga töğri keladi. Asl nişon Suriya emas, Turkiyadir. Bugun Suriyani uçga bölib yuborganlarning ertaga Turkiya hududiy yaxlitligiga nisbatan hurmat bajo keltirişini xayol qiliş – ğaflatdir. Bugun birgina Suriyada yetiştirilgan terrorçilar soni 40 ming bilan 60 ming orasida. Qolaversa, Suriyada közlari bizning tuproqlarimizda ekanini inkor etmaydigan bir rejim bor ekan, qanday qilib biz bu yerda tinç yaşay olamiz.
... «Turkiyaning Suriya bilan nima işi bor?» savoli, aslida, Turkiya terror taşkilotiga va duşman rejimga taslim bölişi kerak, degan gap bilan barobardir».













