Iqtisodiyot | 10:42 / 03.03.2020
4755
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarga olib chiqilishi yengillashtiriladi

Mahalliy mahsulotlarning mintaqaviy va xalqaro bozorlarga olib chiqilishini yengillashtirish mo‘ljallanmoqda

Foto: Igor Zarembo

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, yil davomida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:

mahsulotlar mintaqaviy va xalqaro bozorlarga olib chiqiladigan yo‘nalishlarda joylashgan davlatlar bilan xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida uzoq muddatli bitimlarni tayyorlash;

O‘zbekistonning xalqaro avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashuvlarni tartibga soluvchi xalqaro ko‘p tomonlama bitim va konvensiyalarga qo‘shilishi nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, TIV.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasini muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Bu borada chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda:

Yevropa Ittifoqi tomoni bilan muzokaralarning navbatdagi uchrashuv muddatini kelishib olish;

muzokaralarning navbatdagi uchrashuvlarida ishtirok etuvchi ishchi guruhlar faoliyatini o‘rnatilgan tartibda muvofiqlashtirish;

muzokaralarda O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta'minlash nazarda tutiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid