Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzcard – INHA Universiteti qoshidagi “Co-Learning Center”ning bosh homiysi
Foto: Uzcard
Uzcard INHA Universiteti qoshidagi “Co-Learning Center”ning bosh homiysiga aylandi. Hamkorligimizdan maqsad kelajakda ushbu innovatsiyalar va ilg‘or fikrlar markaziga yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, IT-rahbarlarni, ushbu sohada iqtidorli yosh mutaxassislarni tayyorlashda, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va innovatsion potensialni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishda yordam berishdan iboratdir.
⠀
Shuningdek, bizning Markaz bilan o‘zaro hamkorligimizning maqsadlaridan yana biri – bu mahalliy iqtidorli yoshlar tomonidan innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va o‘quv jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qiziqishlarini kuchaytirishdir.
⠀
Uzcard'ning bu qadami, 2020 yil mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e'lon qilinganligi fonida juda muhim qadam bo‘ldi.
⠀
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu Markaz bizning hududda birinchisi bo‘ldi va Uzcard respublikaning qolgan viloyatlarida ham shunday markazlarni yaratishni rejalashtirmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:27 / 20.08.2022
IESlar va Uzcard ham xususiylashtiriladi
15:25 / 30.03.2022
Uzcard yangicha to‘lov kartalari chiqaradi
12:54 / 30.09.2021
«Uzcard» bankomatlarda valuta ayirboshlashni to‘xtatdi
14:22 / 03.12.2020