Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Idlibdagi harbiy amaliyot uchun Trampdan o‘q-dori so‘radi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampdan Suriyaning Idlib viloyatidagi harbiy harakatlar uchun o‘q-dori bilan yordam berishni so‘ragan.
Bu haqda NTV nashri xabar berdi. Erdo‘g‘an buni matbuot anjumanida AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffrining bayonotiga izoh berish vaqtida aytgan. Avvalroq Jyeffri Vashington Turkiyaga NATO bo‘yicha ittifoqdoshi sifatida o‘q-dori berishga tayyorligini aytgan.
Erdo‘g‘an Idlibda olib borilayotgan “Bahorgi qalqon” harbiy amaliyoti borishiga izoh berib, uning davlati bu ixtilofda yo‘qotishlarga uchrayotganini tan olgan, biroq “bu yo‘qotishlar Suriyaniki bilan taqqoslaganda juda kichikligini” aytgan. Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, “Turkiya jang qila oladi, biroq urushga intilmaydi”.
Erdo‘g‘an, shuningdek, 5 mart kuni Rossiya prezident Vladimir Putin bilan o‘tadigan muzokaralardan nimalar kutayotgani borasida bo‘lishdi. Uning aytishicha, birinchi vazifa Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish hisoblanadi. “Hozircha Rossiyadan biror-bir taklif bo‘lmadi. Muzokaralardan keyin Putin bilan matbuot anjumani o‘tkazamiz. Men bilan Rossiyaga bir guruh jurnalistlar yo‘l oladi, shu sababli hech qanday sirlar bo‘lmaydi”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.
Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar 20 fevralda AQSh Turkiyaga havo hujumiga qarshi batareya jo‘natganini, Anqara shuningdek Patriot zenit-raketa majmuasini olishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Idlibdagi vaziyat yanvarda Suriya muxolifati otryadlari turk armiyasi ko‘magida Idlib sharqiga hujumni boshlaganidan keyin keskinlashib ketgan. Shundan keyin Anqara va Damashq bir-birining pozitsiyalariga zarbalar bera boshlagan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026