Jahon | 16:33 / 04.03.2020
3758
2 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya politsiyasi migrantlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi

Avvaliga Turkiya tomonidan turgan odamlar guruhi chegarada turgan Gretsiya harbiylariga toshlar, turli buyumlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar uloqtirgan.

Foto: REUTERS/Costas Baltas

Chorshanba kuni ertalab Gretsiya-Turkiya chegarasidagi "Kastaniyes" nazorat-o‘tkazish punktida grek politsiyasi va noqonuniy migrantlar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Politsiya Gretsiya hududiga o‘tishga uringan migrantlar guruhiga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi, deb xabar bermoqda "Naftemporiki" nashri.

Avvaliga Turkiya tomonidan turgan odamlar guruhi chegarada turgan Gretsiya harbiylariga toshlar, turli buyumlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar uloqtirgan.

Migrantlar guruhi chegaradan o‘tishga uringach, ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llangan.

Seshanba kuni Mishel Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Yevroparlament rahbari David Sassoli bilan birga Gretsiyaga tashrif buyurib, Turkiya bilan chegaradagi vaziyatni o‘rgandi. Yevrokomissiya prezidenti Gretsiya chegaralari Yevropaning ham chegaralari hisoblanishini aytdi va Yevroittifoq chegarani qo‘riqlashda Gretsiyaga yordam berishini ma'lum qildi.

Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlashganidan keyin migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegarasini ochib yubordi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu ma'lum qilishicha, o‘tgan haftadan buyon Turkiyadan Gretsiyaga 130 mingdan ortiq noqonuniy migrant o‘tgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid