Jahon | 21:08 / 04.03.2020
4733
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya Turkiyani qochqinlarni gazli granatalar bilan qurollantirishda aybladi

Gretsiya hukumati rasmiy vakili Stelios Petsasning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya noqonuniy migrantlarga Gretsiya chegarasiga yetib olishlariga yordam bermoqda.

Foto: AFP

Gretsiya-Turkiya chegarasida to‘plangan noqonuniy migrantlar Gretsiya kuchlariga qarshi Turkiya armiyasi foydalanadigan ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar qo‘llamoqda, dedi Gretsiya hukumati rasmiy vakili Stelios Petsas.

"Gretsiya hududiga o‘tishga urinayotgan migrantlar Turkiya armiyasi foydalanadigan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni qo‘llamoqda", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya noqonuniy migrantlarga Gretsiya chegarasiga yetib olishlariga yordam bermoqda.

Avvalroq Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis ana shunday ayblov bilan chiqqandi.  

Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlashganidan keyin migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegarasini ochib yubordi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid